Hudud10 311 ga
Turlar275 tur
Muhofaza47 nodir tur
"Qizilqum" davlat qo'riqxonasi dengiz sathidan 150 metrdan 180 metrgacha balandlikdagi hududni o'z ichiga oladi. Amudaryoning o'rta oqimida daryo o'zaning chetida hamda Janubi-G'arbiy Qizilqum cho'lining kichik bir qismida joylashgan.
Qo'riqxonaning umumiy yer maydoni 10 311 gektardan iborat bo'lib, ikki viloyat hududida joylashgan: 8 844 ga Xorazm viloyatining Tuproqqala tumanida, 1 467 ga Buxoro viloyatining Romitan tumanida. Umumiy yer maydonining 7 134 gektari Qizilqum cho'l zonasi va 3 177 gektari Amudaryo o'zani qirg'og'idagi to'qay zonasidan iborat.
Tabiiy sharoiti: Iqlimi cho'l iqlimi bo'lib, juda quruq havo hukm suradi. Yoz faslida harorat +40°C, +47°C gacha ko'tariladi, qish faslida -20°C, -25°C gacha pasayadi. Yog'ingarchilik asosan bahor faslida kuzatiladi. Hudud keskin kontinental, issiqlik va yorug'likning ko'p tushishi, qurg'oqchil xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Tuproq qatlamining asosiy qismi jigarrang-karbonatli xususiyatga egadir.
Florasi: 275 turdan ortiq o'simliklar aniqlangan bo'lib, shundan 4 turi O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan.
Faunasi: Umurtqali hayvonlardan 37 tur sutemizuvchilar, 266 tur qushlar, 29 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar, 25 tur baliqlar uchraydi. O'zbekiston "Qizil kitobi"ga sutemizuvchilarning 8 turi, qushlarning 32 turi, sudralib yuruvchilarning 3 turi, baliqlarning 8 turi kiritilgan.
Hudud qo'shni Turkmaniston Respublikasi bilan to'liqligicha davlat chegarasi zonasida joylashgan. Xorazm viloyati markazi Urganch shahridan 220 km, Buxoro viloyati markazi Buxoro shahridan 250 km uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin aholi punktlari — sharqda 5 km uzoqlikda Qizil Ravot qishlog'i, g'arbiy-shimolda 15 km uzoqlikda Tuproqqala qishlog'i.
Tashrif vaqti: Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha). Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha).
Manzil: Buxoro viloyati, Romitan tumani, Qizil Ravot qishlog'i.

Asosiy xususiyatlar
- Umumiy maydoni 10 311 ga
- 275 tur o'simlik, 47 ta Qizil kitobda
- 266 tur qush, 37 sutemizuvchi
- Cho'l + to'qay zonalari